
“Roma” so‘ragan pul beriladi
“Roma” o‘tgan yozda niderlandiyalik hujumchi Jastin Klyuyvertni navbatdagi ijaraga jo‘natgan edi.
“Valensiya”dan qo‘nim topgan 23 yoshli futbolchining harakatoari ispan jamoasini boshqarayotgan murabbiy Jennaro Gattuzoga ma’qul keldi.
Ispanlar Klyuyvertning transfer shartnomasini to‘liq sotib olmoqchi. “Roma” o‘yinchini 10 million evroga baholagan.
“Valensiya” bu summani to‘lashga tayyor. Rimliklar kutayotgan ushbu transfer yanvar oyida oxiriga etkaziladi.
Fikrlar