"Roma" Turin klubidan darvozabon sotib oladi

  • 22.12.2020 11:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Torino" darvozaboni Salvatore Sirigu faoliyatini A Seriyaning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

Italiyalik posbonga "Roma" qiziqib qolgan. Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, rimliklar rahbariyati jamoaning ikkala darvozaboni - Pau Lopes va Antonio Mirante ko‘rsatayotgan o‘yinlardan umuman qoniqmayapti. Ular Lopesni ijaraga berib, o‘rniga Siriguni olib kelmoqchi.

Sirigu “Torino” safiga 2017 yil PSJdan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida turinliklar safida 131 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 186 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!