"Roma" va "Inter" bir futbolchini ko‘zlamoqda

  • 27.04.2019 13:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Bremenning "Verder" klubi hujumchisi Maks Kruze yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli futbolchining xizmatlariga "Roma" va "Inter" klublari jiddiy qiziqib qolishgan. Qayd etish lozimki, Kruzening bremenliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi mavsum yakunlangach o‘z nihoyasiga etadi va shu bois u yozda istagan jamoasiga erkin agent sifatida yo‘l olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Kruze joriy mavsum “Verder” safida Bundesligada 34ta bahsda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 14ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!