
"Roma" va "Yuventus" futbolchi almashishi mumkin
“Yuventus” hamon “Roma” yarim himoyachisi Nikolo Zanoloni sotib olishga harakat qilmoqda.
“Tuttosport” nashri xabariga ko‘ra, "Roma" 22 yoshli italiyalik uchun 50 million evro talab qilmoqda. Ammo, turinliklar futbolchi uchun buncha summa to‘lashga tayyor emas. Shu bois, “keksa sinora” transferga yarim himoyachi Arturni kiritishi mumkin. Oldinroq, Joze Mourino Braziliya terma jamoasi xavbekini Rim klubiga olib kelmoqchi edi.
Shuningdek, "Milan" ham Zanologa da’vogarlik qilmoqda. "Roma"ning o‘zi yarim himoyachini sotishni istamayapti, biroq klub Nikola bilan 2024 yilning iyunida yakuniga etadigan shartnomasini uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmadi. Shu sabab, uni sotish varinatini ko‘rib chiqishi mumkin.
Avvalroq, “Yuventus” Zanoloning agenti bilan uch marta uchrashgani haqida xabar berilgandi. Zanolo o‘tgan mavsumda "Roma" safida barcha turnirlarda 42 o‘yinda 8 gol va 9 assist muallifiga aylandi.
Fikrlar