"Roma" Xitoyda to‘p surayotgan sobiq hujumchisini ortga qaytarmoqchi

  • 28 yanvar, 2020, 18:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" rahbariyati Xitoyning "Shanxay Shentxua" klubi forvardi Stefan El-Shaaravining xizmatlariga qizqish bildira boshladi. Bu haqda italiyalik jurnalist Janluki Di Martsio xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “bo‘rilar” 27 yoshli italiyalik futbolchini jarohat olib safdan chiqqan Nikolo Dzanolo o‘rniga munosib ko‘rishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, El-Shaaravi uchun “Roma” begona emas. U 2016-2019 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan va 139 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 46 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!