
"Roma" yangi hujumchi oldi. Endi Shomurodov zaxirada qoladimi? - Xayrulla Hamidovdan javob
"Chelsi" hujumchisi Temmi Abraxam "Roma" a’zosiga aylandi. Ushbu xabardan so‘ng ko‘pchilik Eldor Shomurodov zaxirada o‘tirib qoladimi degan fikrlar paydo bo‘ldi. Unga taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov telegramdagi safihasida javob berdi.
- Eldor Shomurodovga raqobatchi emas, sherik olib kelindi. Ha, sherik.
Temmi, tottenxemchasiga aytadigan bo‘lsak, Keyn rolida, Shomurodov Son rolida...
Rim darvozasi oldida shturm ko‘rayotgan bo‘lsangiz, qarshi hujumga tayyorlanavering: Markazda Abraxam to‘pni qabul qilib oladi va... yakunni mendan ham yaxshi bilasiz.
Qutlug‘ bo‘lsin, "Roma"! - dedi Xayrulla Hamidov.
Fikrlar