“Roma” yaqin vaqt ichida Dibala transferini e’lon qiladi

  • 20 iyul, 2022, 14:49
  • 0
  • Futbol

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, "Roma" tez orada hujumchi Paulo Dibala bilan shartnoma imzolaganini e’lon qiladi.

Manbaga ko‘ra, yaqin soatlarda bu haqda rasmiy xabar berilishi kutilmoqda. 28 yoshli argentinalik futbolchi va rimliklar o‘rtasidagi kelishuv yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Paulo yiliga 4,5 million evro maosh va yana 1,5 million evroni bonus ko‘rinshida oladi.

Shartnomada 20 million evro miqdoridagi tovon puli ko‘zda tutilgan. Forvard 21-raqam ostida to‘p tepadi.

Dibala 1 iyuldan buyon erkin agent hisoblananadi. Argentinalikning sobiq klubi “Yuventus” bo‘lib, turinliklar safiga 2015 yilda qo‘shilgan. O‘tgan mavsumda futbolchi “keksa sinora”ning barcha turnirlar doirasidagi 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 15 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!