
“Roma” yulduzi kutilmagan jamoaga o‘tadi
Nikolo Dzanolo “Roma” safidan ketishni istaganidan keyin unga Italiya, Germaniya va Angliyaning nufuzli jamoalari og‘iz solgan edi.
Yanvarda universal futbolchining transferini amalga oshirishning imkoni bo‘lmadi. Biroq, vaziyat o‘zgarishi kutilmoqda.
“Galatasaroy” 23 yoshli o‘yinchi transferi bo‘yicha “Roma”ning ham roziligini olishga juda yaqin turibdi. Turklar Nikolo uchun 22 million evro berishga tayyor.
Avvalroq, “Bornmut” Dzanolo uchun 30 million evro tikkan edi. “Bo‘rilar” bu taklifni qabul qildi. Lekin Dzanoloning o‘zi bu jamoaga o‘tishga ko‘nmadi.
Natijada rahbariyat bilan kelishmovchilik kelib chiqda. Vaziyat Dzanoloning ketishini talab etmoqda.
Turkiyada transfer oynasi 8 fevralga qadar davom etadi.
Fikrlar