
“Roma” yulduzini Messining yoniga jo‘natishmoqchi
“Roma”ning universal futbolchisi Nikolo Dzanolo Rimni tark etadigan bo‘ldi. 23 yoshli futbolchi yangi jamoa topishi uchun rimliklarning uchrashuvlariga jalb qilinmaydigan bo‘ldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Dzanoloning agenti Klaudio Vigrelli PSJ rahbariyatiga murojaat qilib, mijozini jamoaga olishni so‘ragan. Hozircha, parijliklar bu masalaga munosabat bildirgani yo‘q.
Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan Dzanologa asosan Angliya Premer-ligasidan xaridor chiqmoqda. Rimliklar yaqinda futbolchini keyinchalik 30 million evroga sotib olish huquqi bilan yarim mavsum ijaraga berishni so‘ragan “Vest Xem” taklifini qabul qilmadi.
Dzanoloning agentlari “Tottenxem” bilan ham muzokarani davom ettirmoqda. Nikoloning o‘zi ham “shporlar” safiga o‘tishga qarshi emas.
Fikrlar