"Roma" 2 nafar top darajadagi futbolchini tekinga o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

  • 14 aprel, 2020, 11:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning «Chelsi» klubi yarim himoyachisi Pedro va «Tottenxem» klubi himoyachisi Yan Vertongen mavsum yakunlangach Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 32 yoshli ispaniyalik va 32 yoshli belgiyalik futbolchiga “Roma”dan jiddiy takliflar bor. E’tiborlisi, ushbu futbolchilarning ikkalasi ham yozda erkin agentga aylanadi va “bo‘rilar” ularni tekinga qo‘lga kiritishlari mumkin.

Pedro joriy mavsum APLda 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 19 ta o‘yinda ishtirok etgan Vertongen esa o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!