“Roma”da qolaman!
“Roma” hujumchilaridan Stefan El-Shaaravining kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Italiyalik futbolchining “bo‘rilar” bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Hozircha, yangi bitim borasida hech qanday yangilik yo‘q.
30 yoshli futbolchi jurnalistlarga rejalarini aytib berdi.
- Men murabbiy ko‘rsatgan har qanday pozitsiyada o‘ynay olaman. Men qanotni to‘liq yopishim, hujum markazida yoki hujumchi ortida o‘ynashim mumkin. “Kasa Pia”ga gol urdim. O‘rtoqlik uchrashuv bo‘lsa-da, g‘alaba qozonganimiz muhim.
Kelajagim nima bo‘ladi? Shartnomani uzaytirish, eng oxirgi masala. Qolishni istashim tabiiy. Hozir esa, mavsum oldidan qo‘yilgan maqsadlar sari kurashish haqida bosh qotirgan ma’qul, - dedi Stefan el-Shaaravi.

Fikrlar