“Roma”da yana katta yo‘qotish!

  • 24 oktabr, 2022, 18:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” sardori va etakchisi  Lorentso Pellegrini “Olimpiko”da o‘tkazilgan va “Napoli”ning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlangan muhim uchrashuvda son mushaklarini shikastlab olgani aniqlandi.

Tecno

Il Messaggero nashrining xabar berishicha, 26 yoshli futbolchi Evropa ligasi guruh bosqichining beshinchi turida payshanba kuni XIK jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Shuningdek, Lorentso 31 oktyabrga belgilangan A Seriya doirasida “Verona”ga qarshi o‘tkaziladigan bahsda ham qatnasha olmasligi mumkin.

Pellegrini Joze Mourino jamoasining hujumlarini tashkil qilishda benazir ijrochi hisoblanadi va uning jarohati rimliklar uchun katta yo‘qotishdir.

Pellegrini joriy mavsumda 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir juft gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!