“Roma”dan ketgan futbolchi muxlislarga murojaat qildi
Ijara muddati yakunlanishi arafasida “Roma”dan ketib, “Arsenal”ga qaytishi aytilgan Eynsli Meytlend-Nayls rimlik muxlislarga murojaat qildi.
- Mavsum ajoyib yakunlandi. “Roma” muxlislari, o‘yinchilari va xodimlari menga ishonch bildirib, o‘zlarining bir vakili sifatida jamoaga qabul qilganlari, qisqa fursat bo‘lsa-da, birga bo‘lish imkonini berganlari uchun katta rahmat. Klub tarixining bir bo‘lagi bo‘lish tajribasini oldim, - dedi Eynsli Meytlend-Nayls.
24 yoshli yarim himoyachi yanvarda “Arsenal”dan ijaraga olinganidan keyin barcha turnirlarda 12 marta maydonga tushib, o‘zini ko‘rsata olmadi.
Joze Mourino boshchiligidagi murabbiylar shtabi angliyalik futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirmaslikka qaror qildi.

Fikrlar