“Roma”ga Madriddan tabrik keldi
“Real” bosh murabbiy Karlo Anchelotti “Roma”ning Konferentsiyalar ligasi finalidagi g‘alabasiga munosabat bildirdi.
Joze Mourino shogirdlari “Feyenoord”ni 1:0 hisobida engib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
“G‘aroyib “Roma”ni tabriklaymiz”, - deb yozdi Karlo Anchelotti ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida.
Konferentsiyalar ligasidagi g‘alaba “Roma” uchun XXI asrdagi dastlabki xalqaro sovrin hisoblanadi.

Fikrlar