
"Roma"ga qarshi o‘yindan oldin "Inter" yo‘qotishga uchradi
Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal A Seriyaning 34-turidan o‘rin olgan “Roma”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, chililik futbolchi to‘pig‘idan jarohat olgan. Shu sababli u jamoaning kechagi mashg‘ulotlarida ham ishtirok etmadi.
Eslatib o‘tamiz, “Inter” – “Roma” uchrashuvi 23 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi. “Neradzurrilar” ayni damda A Seriya musobaqa jadvalida 69 ochko bilan 2-o‘rinda, “bo‘rilar” esa 58 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar