
"Roma"ning sardori bo‘lishga faqat shu futbolchi munosib
Belgiyaning "Antverpen" klubi yarim himoyachisi Raja Nainggolan "Roma"ning 25 yoshli sardori Lorentso Pellegrinining etakchilik fazilatlariga qoyil qolishini aytdi.
“Men avval ham jamoa sardorligiga eng munosib nomzod Lorentso ekanligini aytgandim. Uda katta tajriba bor, chunki u “Roma”ning afsonaviy futbolchilari bilan birga o‘ynagan. U sardorlik bog‘ichini meros qilib olish uchun zarur tajribaga ega bo‘ldi. Pellegrini - "Roma"ning haqiqiy sardori”, - dedi belgiyalik futbolchi Rete Sport nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Lorentso Pellegrini "Roma" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Rim klubining asosiy jamoasida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar