“Roma”ning bu o‘yinchisi Shomurodovni chiqishtirmayapti!

  • 8 avgust, 2022, 20:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning “Spartak” jamoasi sobiq futbolchisi Ja’far Irismetov Eurostavka.ru sayti jurnalisti Anar Ibragimovga bergan intervyusida legioner sifatida to‘p tepayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchilari – yarim himoyachi Oston O‘runov va hujumchi  Eldor Shomurodov haqida ayrim ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- O‘runov jamoasini almashtirishi kerak. Bunda  moliyaviy omillar bor. Oston maoshining pasayishini istamayapti. Hozir u yoki pul yo karerani tanlashi kerak.

- Siz uni futboldan yuz o‘girib, pul ishlashga berilib ketdi, deb hisoblayapsizmi?

- Yo‘q. Lekin Eldor Shomurodov o‘z vaqtida “Rostov”da juda ko‘p sabr qildi, o‘z ustida ishladi. O‘sha paytda Osiyo jamoalariga o‘tib, besh-o‘n baravar ko‘p topishi mumkin edi. Eldor maqsadiga etdi va Italiyaga yo‘l oldi.

Hozirgi vaziyat O‘runovning shaxsiy tanlovi. Men uning moliyaviy ahvolini bilmayman. Pul bu pul. U ko‘p narsani hal qiladi.

f953db8637977f9871c951e36e8189e9

- Shomurodovning “Roma”dagi faoliyati haqida qanday fikrdasiz?

- Eldor 27 yoshda. Faoliyatining cho‘qqisi 25-30 yoshda bo‘ladi. “Roma”ga Paulo Dibalani olishdi. Tarkibda Temmi Abraxam ham bor. Eldorga qiyin bo‘ladi. Agar u maydonga tushib, gol ursa ham, Joze Mourino boshqa hujumchilarga ko‘proq imkoniyat beradi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisi 10-15 daqiqa o‘yin bilan kifoyalanib qolmasligi kerak.

Shomurodov “Roma”ga o‘tib to‘g‘ri qilgan. Ha, biroz o‘xshamadi. Nega bunday bo‘lganini bilmayman. Lekin o‘sgani rost.

Har bir futbolchi kuchli klubda o‘ynashni istaydi. Eldorga juda kam imkoniyat berildi. Hujumchimiz bu klubga o‘tayotganda muntazam asosiy tarkibga loyiqligini isbotlashi talab etilishini yaxshi bilardi.

Shomurodov kam o‘ynayapti, lekin maydonga tushganida foyda keltiryapti. O‘ziga berilgan 10-15 daqiqa ichida o‘yinni kuchaytirmoqda. Shomurodov baribir o‘zining mahoratini namoyish eta olmoqda.

Temmi Abraxam – juda kuchli hujumchi, “Roma”da birinchi o‘rinda u turadi. Natijalari shundan dalolat beryapti. Men ularni taqqoslamoqchi emasman. Mourino bir hujumchi bilan o‘ynar ekan, baland bo‘yli, to‘pni ushlab turadigan va gol ura oladigan futbolchiga tayanadi. Eldor biroz boshqacha o‘ynaydi. U maydrn ichkarisidan qochib ketib, hujumga o‘tishi mumkin. Abraxam Mourinoning taktikasi ko‘proq mos keladi.

Bundan tashqari, yana bir vaziyatga e’tibor qaratish kerak. Stefan El-Shaaravi Shomurodovni tan olmaydi. U o‘yin vaqtida Abraxamga pas beryapti, Shomurodovga emas. El-Shaaravi ikkinchi raqamli hujumchi yoki u yo Shomurodov ekanini yaxshi tushunadi. Stefan Abraxam bilan raqobat qilmagan. U Shomurodov bilan raqobatlashyapti. Bu aniq.

Men juda ko‘p o‘yinlarda El-Shaaravi Shomurodovni e’tiborsiz qoldirgan vaziyatlarni ko‘rdim. Ha bu raqobat, Eldor doim bunga tayyor turishi lozim. Lekin ichki raqobat sog‘lom bo‘lishi, pas bermaslik orqali jamoaning umumiy natijasiga salbiy ta’sir o‘tkazmasligi kerak.

- Evropaga moslashish o‘zbeklarga ruslardan ko‘ra osonroqmi yoki solishtirish noo‘rinmi?

- Rossiyaliklar Evropada o‘z uyidagidek porlay olmaydi. Ruslarga ham, o‘zbeklarga ham mentalitet xalaqit qiladi. Yaqinda do‘stimga shunday degandim: “Abraxam har qanday vaziyatga suqulib kiradi, tortinmaydi. Shomurodov esa tortinchoq".

Ostonni esa yumshoq, deya olmayman. “Paxtakor”da sport direktori bo‘lib ishlay boshlaganimda u bilan oz muddat muomalada bo‘ldim. Uning xarakteri murakkab va o‘ziga xos. Ba’zan xafa bo‘lib qolishi mumkin. O‘zbekistonda murabbiy uning ko‘ngliga qarashi mumkin. Rossiyada hech kim bunday qilmaydi.

GBjMOfcxbH2QzSWeu11skExKoS4CWqOt_medium

O‘zbekistonda o‘ynash unga oson: “Oston qani yugur”, deyishadi. Rossiyada kim bunaqa deydi?, - dedi Ja’far Irismetov.

Unga Shomurodovning o‘rni kerak, angliyaliklarning katta maoshi emas!

Bizda ham ayb bor. Shahboz Umarovni boshqacha jazolash kerak edi!

Shomurodov Rossiyaga qaytadimi?

“Roma”: Shomurodov superto‘purar yo‘lini to‘sib turibdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!