“Roma”: Shomurodov superto‘purar yo‘lini to‘sib turibdi!

  • 1 avgust, 2022, 22:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” rahbariyati erkin agent maqomida yurgan Andrea Belottini tezroq transfer qilish ishtiyoqini bildirmoqda.  Yozgi transfer oynasi yakuni yaqinlashib borayotgani sari “Torino” bilan xayrlashgan mohir to‘purarga da’vogar jamoalar safi kengayib bormoqda.

Tecno

Andrea Belottining o‘zi unga jiddiy chorlov bilan chiqqan “Valensiya”ga rad javobini berib, “Roma” bilan muzokaraga kirishdi. Rimliklar 28 yoshli hujumchiga uch yillik shartnoma va maoshini ikki yarim million evrodan boshlab, uch yarim million evrogacha ko‘tarib borish sxemasini taklif qildi.

Italiya matbuoti Andrea Belotti “Roma”ning taklifini qabul qilgani haqida ma’lumot tarqatmoqda.

Italiya terma jamoasi hujumchisining  Rimga ko‘chib kelishi Eldor Shomurodovga bog‘liq bo‘lib turibdi. Poytaxt klubi rahbariyati o‘zbek futbolchisining boshqa klubga transferini rasmiylashtirmagunicha Belotti bilan shartnoma imzolay olmaydi.

1235300855.0_1

Eldor Shomurodovga A Seriyaning o‘zidan “Sassuolo”, “Montsa”, “Bolonya” kabi bir necha klublar qiziqish bildirdi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, rimliklar “Bolonoya” taklifini qabul qilgan.

Kelishuvga ko‘ra, bu jamoa legionerimizni keyinchalik sotib olish majburiyati bilan bir mavsumga ijaraga oladi. Kelasi yili yozda transfer amalga oshiriladigan bo‘lsa, “Bolonya” rimliklarga 9 million evro miqdorida badal puli to‘lashi kerak bo‘ladi.

“Bolonya” bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida italiyalik forvard Lorentso Lukkini transfer qilmoqchi edi. Biroq, 20 yashar o‘yinchi “Ayaks” taklifini qabul qildi.

Shundan so‘ng, Sinisha Mixaylovich klub rahbariyatidan Joze Mourino qadrlamagan Eldor Shomurodovni transfer qilishni so‘radi.

Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan https://footballnews24.it nashri Eldor Shomurodovning “Roma” asosiy tarkibiga kira olmaganini jamoaga Temmi Abraxam olib kelingani bilan bog‘ladi.

“Roma”ning 14-raqami egasi Joze Mourinoning ishonchini qozona olmagani, ko‘p jihatdan jamoaga Temmi Abraxam kelishi bilan bog‘liq bo‘lib qoldi. O‘zbek futbolchisi uning o‘rinbosariga aylanib qoldi. Keyinroq davraga yosh Feliks Afena-Gyan chiqdi. Kelasi mavsumda “Roma” safida Shomurodovning o‘rni yanada pasayishi mumkin, - deb yozadi ushbu sayt jurnalisti Federiko Besio.

Demak, shu hafta “Roma” transfer siyosatida ko‘p narsani hal qiladi. Birinchi navbatda, Eldor Shomurodovning “Bolonya”ga transferi rasman tasdiqlanishi kutilmoqda. Shundan so‘ng, poytaxtliklar Andrea Belotti bilan kutilgan shartnomani imzolaydi.

Andrea Belotti “Albino Leffe” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Keyinchalik u “Palermo” klubida mahorat oshirgan.

“Torino” 2015 yili uni “Palermo”dan 8,4 million evroga transfer qildi va o‘z safida etti yil o‘ynatdi. Darhaqiqat, “Torino” rahbariyati Belotti o‘rniga Eldor Shomurodovni olishga uringan edi. Biroq, raqobatda “Bolonya”ga yutqazgani aytilmoqda.

Belotti faoliyati davomida klublar miqyosida 390 ta uchrashuvda 158 ta gol urgan va 35 ta assist qayd etgan. Italiya terma jamoasida 44 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 12 marotaba ishg‘ol qildi.

01E53FB6-FE6E-45D8-BB5B-3FE672A1DC96

Eldor Shomurodov esa A Seriyaga 2020 yilning oktyabrida qadam qo‘ygan. Bir mavsum davomida “Jenoa” sharafini himoya qilib, sakkizta gol urgan hujumchini Joze Mourino “Roma”ga olib kelgan edi. Demak, legionerimiz kuchli beshlik chempionatlaridagi uchinchi mavsumini uchinchi jamoada boshlaydi.

O‘z davrida O‘zbekiston va Rossiya chempionatlarida ham to‘p tepgan Shomurodov klublar miqyosida 221 ta bahamda o‘z hisobiga 45 gol va 23 ta assist rasmiylashtirgan. Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasida 56 marta maydonga tushib, gshollari sonini 30 taga etkazdi.

Bu jamoa Shomurodov transferini nega sir tutyapti?

Tezkor! Shomurodov transferi 48 soat ichida e’lon qilinishi kutilmoqda!

Urishib qolgan bosh murabbiy va direktor Shomurodov tufayli yarashib oldi!

“Sampdoriya” Shomurodov bo‘yicha bayonot berdi!

Legionerimizning Evropa Chempionlar ligasida gol urgan o‘yini eng yuqori baholandi!

Premer-liga klubi o‘zbek futbolchisi yordamida chempion bo‘lmoqchi!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Odil Kilichov
01/08/2022 12:31
Элдор молодец қулидан келганича яхши уйнади унга имконият жуда кам берилди Абрахама дан зиёд гол уриши хам мумкин эди шунча имконият булганида Моурино синдирди