Unga Shomurodovning o‘rni kerak, angliyaliklarning katta maoshi emas!

  • 8 avgust, 2022, 07:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino yozgi transferlar vaqtida o‘zi ko‘zlagan deyarli barcha o‘yinchilarni olib bo‘ldi. Sport direktori Tyagu Pinto bosh murabbiy talabi ostida Jordino  Veynaldum, Paulo Dibala, Nemanya Matich, Mehmet  Zeki Chelik, Mile Svilar kabi o‘yinchilarni “Roma” safiga qo‘shishni uddaladi.

Tecno

Endi Joze Mourino o‘z shogirdlari orasida ko‘rmoqchi bo‘layotgan bir futbolchi – Andrea Belotti qoldi.

1497271129_andrea-belotti

Etti yillik faoliyatidan keyin “Torino” bilan xayrlashishni ma’qul ko‘rgan Italiya terma jamoasi hujumchisi erkin agent maqomida yurgan eng qimmatbaho futbolchi hisoblanadi. Tabiiyki, unga xaridor ko‘p. Ma’lumotlarga qaraganda, kamida beshta jamoa 28 yoshli to‘purarni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Manbalarning ta’kidlashicha, Belotti “Vulverxempton”dan bildirilgan serdaromad taklifni rad etdi.

Angliyalik “bo‘rilar” italiyalik hujumchiga to‘rt yillik shartnoma va har mavsum uchun besh million evrodan maosh taklif qilgan edi. Belottiga shu paytga qadar bu katta maosh berilmagan. Hatto, “Roma” ham unga bir yillik xizmati uchun 3 million evro atrofida moyana taklif qilgani haqida ma’lumotlar tarqatildi.

Belottining o‘zi Angliya tomonlarga ketish o‘rniga “Roma”da Joze Mourino bilan ishlashni tanlagani aytilmoqda. Andrea ana shu maqsadda “Vudverxempton”ga rad javobini berdi.

Italiyalik hujumchining “Roma” safiga qo‘shilishiga Eldor Shomurodov to‘siq bo‘lib turiyudi. Poytaxtliklar moliyaviy feyr-pleyni buzmaslik uchun Belotti bilan shartnoma imzolashdan avval o‘zbekistonlik hujumchini transfer qilishi kerak bo‘ladi.

Shomurodovga xaridorlar etarli, lekin hamyurtimizning kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi. Ko‘p manbalar “Bolonya” Eldor Shomurodov bo‘yicha rimliklar bilan kelishuvga erishgani, bu transfer bolonyaliklarga 10 million evroga tushishi, ular birinchi mavsum hujumchini ijaraga olib, u mavsum davomida 50-60 foiz o‘yinlarda qatnashsa va taxminan o‘ntacha gol ursa, shartnoma yana to‘rt yilga uzaytirilishi haqida yozmoqda.

Shu o‘rinda, “Bolonya” rahbariyati Shomurodov ularni qiziqtirmayotgani haqida bayonot bergan xabarlar ham yo‘q emas.

Xullas, Shomurodovning transferi hamon mavhum. Unga “Torino” va “Sassuolo” ham da’vogarlik qilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, bir necha hafta oldin, Shomurodovni so‘rab, “Rim klubi mutasaddilaridan rad javobini olgan “Galatasaroy” yana o‘zbek hujumchisi uchun kurashga qo‘shilgan.

99H27OEORz_xKP4pldIdmsPCOOOcEKsn

Hozircha, vaziyatdan kelib chiqib, Andrea Belotti va Joze Mourino Shomurodovning transferini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlaridan kam kutayotgani yo‘q.

Bizda ham ayb bor. Shahboz Umarovni boshqacha jazolash kerak edi!

Shomurodov Rossiyaga qaytadimi?

“Roma”: Shomurodov superto‘purar yo‘lini to‘sib turibdi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!