"Roma"ning po‘stagini qoqamiz...

  • 8 may, 2022, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

9 may kuni “Roma” A Seriyada muhim uchrashuvni o‘tkazadi. Joze Mourino shogirdlari safar o‘yinida “Fiorentina”ga qarshi maydonga tushadi. Bu bahsning ahamiyati shundaki, florentsiyaliklar g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, ochkolar hisobida rimliklarga etib oladi va Evropa ligasi yo‘llanmasiga da’vogarlik qila boshlaydi.

Tecno

“Fiorentina” bosh murabbiyi Vinchentso Italyano  bo‘lajak o‘yin oldidan jamoasidagi muhim haqida gapirdi.

“Fiorentina” A Seriyada ketma-ket uch marta mag‘lubiyatga uchradi. Bu jamoani “Salernitana”, “Udineze” va “Milan” ochkosiz qoldirdi. Bu mag‘lubiyatlar florentsiyaliklarning Evrokuboklarga chiqish imkoniyatiga salbiy ta’sir qildi.

Vinchentso Italyano shu holatga alohida e’tibor qaratdi.

- Biz murakkab va omadsiz holatni engib, salbiy narsalarni ortda qodirishim kerak. Qayta o‘zimizga kelishimiz shart. Oldimizda uchta uchrashuv qolgan. Biz ularda ochko olish uchun nimalardir qilishimiz kerak bo‘ladi.

Menga uchta mag‘lubiyat oldidan oltita bellashuvda ijobiy natija qayd etgan baquvvat “Fiorentina” kerak. Jamoa o‘z o‘yinini ko‘rsatishi kerak. Men 20 kun oldingi shavqatsiz “Fiorentina”ni ko‘rmoqchiman. Maqsadimiz aniq.

“Roma”ga qarshi o‘yinda hujumda ham, himoyada ham sifatli harakat qilishimiz talab etiladi. Temmi Abraxam juda kuchli hujumchi, Lorentso Pellegrini fenomen, Nikolo Dzanolo eng iqtidorli yosh o‘yinchilardan. “Roma”da ishtiyoq baland, lekin biz o‘z uyimizda o‘ynaymiz.

6ec5943b3f000f4c61f8bca3d1e06cbd-27372-c01ce47a9b42c9f42b3418c1c7dd8688

Muxlislarimiz jamoani qo‘llab-quvvatlashni yaxshi biladi, ular mavsum davomida bu ishni bir necha marta amalga oshirdi.

Joze Mourino “Roma”ni Konferentsiyalar ligasi finaliga olib chiqdi. U haqiqiy g‘olib. Unga hal qiluvchi bahsda omad tilaymiz, - dedi Vinchentso Italyano.

“Fiorentina” A Seriyada 56 ochko bilan ettinchi o‘rinda bormoqda. “Roma” futbolchilari esa uch ochko ko‘p jamg‘argan holda bir pog‘ona yuqorida joylashgan.

Mourino “kanonir” bilan xayralashadi

Joze Mourino klub sport direktori Tyagu Pintodan o‘ng qanotni kuchaytiradigan o‘yinchi topishni so‘ragan. Ana shu maqsadda yanvarda “Arsenal”dan ijaraga olingan Eynsli Meytlend-Naylsning harakatlari portugaliyalik mutaxassisga umuman yoqmadi.

Angliya futbolchi A Seriyada atigi ettita uchrashuvda maydonga tushib, 446 daqiqa harakat qildi xolos. Rim klubi rahbariyati bu o‘yinchi transferini sotib olish huquqidan foydalanmaydigan bo‘ldi.

“Roma” bosh murabbiy Eynslining o‘rniga “Machester Yunayted”dan ketishi kutilayotgan Aaron Van-Bissakaning olib kelinishini istayapti. 24 yoshli qanot futbolchisi ayni paytda etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.

Yozda jamoani qabul qilib oladigan Erik ten Xag bir guruh futbolchilar bilan xayrlashib, ularning o‘rniga o‘zi istagan ijrochilarni olib keladi. Ketishi kerak bo‘lganlar ro‘yxatida Van-Bissaka ham bor.

Angliyalik himoyachining manchesterliklar bilan yana ikki yillik shartnomasi bor. Shuning uchun uni olmoqchi bo‘lgan klublar 30 million evro miqdorida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Rimliklar bu transferni Konferentsiyalar ligasidagi g‘alaba evaziga beriladigan mukofot pullari orqali hal qilmoqchi.

Aaron joriy mavsumda 26 ta o‘yinda qatnashib, biror samarali harakatni amalga oshira olgani yo‘q.

29bbb2

Abraxamga sherik kerak!

“Roma” rahbariyati hujum chizig‘ida Temmi Abraxam bilan elkama-elka o‘ynaydigan forvard qidirmoqda.

 Klub sport direktori Tyagu Pinto olib kelinadigan o‘yinchi katta tajribaga ega bo‘lishini istayapti. Shu bois, portugaliyalik mutaxassis “Atalanta” hujumchisi Luis Murielni nishonga olgan.

31 yoshli kolumbiyalik hujumchining o‘zi ham jamoasini o‘zgartirish maqsadida kelasi yili tugaydigan shartnomani yangilashni istamadi. Shu bois, Bergamo klubi yozda uni sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Muriel olish uchun rimliklar 20 million evro atrofida mablag‘ sarflashi kutilmoqda. Tajribali hujumchi bu mavsumda 37 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 13 marotaba ishg‘ol qildi va 9 ta golli pas uzatdi.

muriel

Legionerimiz: Yaxshiboevning saviyasi Moldova chempionatidan yuqori!

Legionerimiz: Murabbiy men bilan gaplashmay qo‘ydi!

Legionerimiz: Luis Suares va Edinson Kavaniga qarshi o‘ynaganmiz!

“Roma” ham, Mourino ham yoqmadi!

Ikki daqiqa o‘ynagan Shomurodov zo‘r baho oldi!

Rossiyaliklar Shomurodov duelini kutyapti!

Shomurodov, endi senga yanada qiyin bo‘ladi!

“Roma” hujumchisi: Ketishim kerak bo‘lgan vaqt kelganini bildim!

Gol urish mana bunaqa bo‘ladi! O‘zbek legioneri birinchi xet—trikni qayd etdi!

Shomurodovni ham o‘ynatib ko‘rdik, biroq... Mourino legionerimiz haqida ham gapirdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!