“Roma”ning "qanoti qayrildi" yoxud jamoa lagerida nima gap?

  • 25 sentabr, 2021, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov “Roma” sharafini himoya qilayotganini inobatga olib, o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga ushbu klubga oid xabar va yangiliklarni havola etamiz.

Tecno

Darvoza "kaliti" ishonchli qo‘llarda

Joze Mourino taklifiga ko‘ra, “Roma”ga olib kelingan portugaliyalik darvozabon Ruy Patrisiu beshinchi turdan so‘ng eng ko‘p seyv amalga oshirgan ikki posbondan biriga aylandi. Mahoratli posbon A Seriyaning beshta uchrashuvida maydonga tushib, o‘z darvozasiga yo‘llangan 19 ta zarbani qaytarishga erishgan. Bu ligadagi ikkinchi ko‘rsatkichdir.

Seyvlar borasila birinchi o‘rin “Spetsiya” posboni Yerun Zutga tegishli bo‘lib turibdi. Niderlandiyalik darvozabon beshta uchrashuvda jami 21 ta zarbani bartaraf etgan.

d430363726ec1a2d0d3360653118ac04578364749eaac757029017

Ular Rimni tark etadi

“Roma” klubi mutasaddilari Joze Mourino asosiy tarkibga kiritmayotgan ikki futbolchiga yangi jamoa topib berishi kerak.

Atigi bitta uchrashuvda ko‘rinish bergan Eduardo Bove va polshalik legioner Nikola Zalevski yanvarda Rimni tark etishi kutilmoqda. Bu futbolchilarning har ikkisi ham hali 20 yoshga to‘lmagan. Shu bois, raqobatga dosh berolmayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, Bove va Zalevskiga Italiya chempionatining ikki ligasidan bir necha klublar oiz solmoqda. Qishki transferlar vaqtida taklif orasidan eng optimali tanlanib, yarim himoyachilar ijaraga jo‘natiladi.

Vina tiklanib ulgurmadi

“Roma”ning yangi futbolchilaridan Matias Vina shikastlangani  tufayli o‘tgan uchrashuvni o‘tkazib yuborgandi. Urugvaylik himoyachi tizzasidan olgan jarohatidan tiklanib ulgurmadi. Shuningdek, Joze Mourino anchadan beri davolanayotgan Leonardo Spinatstsola xizmatidan ham foydalana olmaydi.

“Latsio”ga qarshi o‘yinda Matias Vina o‘rnini 19 yoshli himoyachi Rikkardo Kalafori egallashi kutilmoqda.

matias-vina-as-roma-1630498029-70132

N’Zonzi Qatarga ketadi

“Roma”ning tajribali yarim himoyachisi Stiven N’Zonzi faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirishi mumkin. Joze Mourino ishonch bildirmayotgan bu futbolchiga anchadan beri “Ar –Rayan” jiddiy qiziqish bildiryapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, frantsiyalik yarim himoyachi Qatarga borib, bo‘lajak jamoasi rahbarlari bilan shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazadi.

N’Zonzi “Roma”g 2018 yili “Sevilya”dan o‘tgan. Shundan beri “Roma” safida 39 ta uchrashuvda bitta gol urib, ikkita golli pas oshirgan.  Uning rimliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi. Bu o‘yinchi o‘tgan mavsumni ijara asosida “Renn”da yakunlagan edi.

“Roma”ning qanoti qayrildi

“Roma” yakshanba kuni Rim derbisida “Latsio”ga qarshi muhim uchrashuv kutmoqda. Bo‘lajak bahsda Joze Mourino jamoaning etakchisi va sardori Lorentso Pellegrini xizmatidan foydalana olmaydi.

Mohir yarim himoyachi “Udineze”ga qarshi o‘yinda ikkita ogohlantirish olib, maydonni erta tark etdi. “Roma” asosiy futbolchisini safga qaytarish uchun qizil kartochka bekor qilishni so‘rab, mutasaddi organlarga murojaat qildi.

Biroq, ular hakamning qarorini o‘z kuchida qoldirdi va Pellegrini Rim derbisida qatnashish imkonidan mosuvo bo‘ldi. Mourinoga Lorentsoning o‘rnini to‘ldirish oson bo‘lmaydi.

lorenzo-pellegrini-roma-vs-liverpool-champions-league-2018

“Roma” Evropa Chempionlar ligasida... Shomurodovning orzusi ushaladimi?

“Spartak” sobiq bosh direktori “soqqa qilish” uchun O‘runovdan foydalangan ekan!

Mourinoga butsamni otib yubordim!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Hamidullo Abdualiyev
25/09/2021 19:50
Оиз-оғиз сўзида имловий хатолик кетиб қолибди.
Ulugoff Dlyabiznesa
25/09/2021 11:38
Бугун Яхшибоев билан Шахбоз Умаровни клуби уйнайди анонслари Uzbekistan Legioners телеграм каналида бор силкалариям жойланган кимга кизу болса..