"Roma"ning "qo‘rqinchili tushi" davom etadi
A Seriya 26-turida "Roma" o‘z maydonida "Verona"ni qabul qildi. Qiziqarli o‘tgan bahsda jangovar 2:2 hisobi qayd etildi.
Achinarlisi, Mourino qo‘l ostida "bo‘rilar" barcha turnirlar doirasidagi so‘nggi to‘rtta o‘yinning birortasida g‘alaba qozona olmadi.
Ular 4 uchrashuvning 3 tasida durang natija qayd etdi. Shuningdek, yana bir bellashuvda raqibga imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, Rim klubining keyingi uchrashuvi 27 fevral sanasida "Spetsiya" jamoasi bilan bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar