"Roma"ning yangi bosh murabbiyi kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

  • 7 iyun, 2019, 16:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ukrainaning “Shaxtyor” klubi bosh murabbiyi Paulu Fonseka faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Italiyalik jurnalist Janluki Di Martsioning xabar berishicha 46 yoshli portugaliyalik mutaxassis “Roma” bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra Fonseka rimliklar bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.

Ta’kidlash kerakki, “konchilar” dastlab Fonseka uchun “bo‘rilar”dan 5 mln evro miqdorida tovon puli talab qilishayotgan edi. Biroq, keyinchalik tomonlar ushbu mablag‘ni 2 millionga tushirishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!