Romano Yamalning ahvoli haqida ma'lumot berdi
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal asosiy tarkib bilan umumiy mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Uning ta’kidlashicha, Yamanning safga qaytishi futbolchining jahon chempionatidagi ilk o‘yinda maydonga tushish ehtimolini oshiradi. Yosh hujumchi 22 apreldan beri rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etmagan — u shu kuni «Selta»ga qarshi La Liga bahsida (1:0) jarohat olgan edi. O‘sha o‘yinda Yamal penaltidan yagona va g‘alaba golini urgandi.
Ispaniya jahon chempionatidagi ishtirokini 15 iyun kuni Kabo-Verdega qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Luis de la Fuente boshqaruvidagi jamoa guruh bosqichida shuningdek Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar