Romero Argentinaga ketishi mumkin
"Manchester Yunayted" darvozaboni Serxio Romero faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin.
Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, argentinalik posbon “qizil iblislar” bilan 2021 yilga qadar tuzilgan amaldagi shartnomasini muddatidan avval bekor qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Unga sobiq jamoasi "Rasing"dan jiddiy taklif bo‘lmoqda.
Aytish kerakki, o‘tgan yozgi transferlar davrida Romeroga “Everton”dan ham taklif bor edi. Ammo MYu uni ijaraga berishni xohlamadi.
33 yoshli Serxio Romero “Manchester Yunayted” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 61 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 27 ta gol o‘tkazib yubordi.



Fikrlar