
Ronaldino: "Messiga aynan shu narsa etishmayotgan edi"
Braziliya terma jamoasi, "Barselona" va "Milan" klublari sobiq hujumchisi Ronaldino Messining Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidagi g‘alabasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Leoning jahon chempionatidagi muvaffaqiyatidan juda mamnunman. Unga aynan shu narsa etishmayotgan edi. Ushbu g‘alabadan keyin Leo o‘z o‘yini bilan muxlislarni xursand qilishda davom etishi kerak", - deya braziliyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi "Sport.es" nashri.
Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon birinchiligi finalida Argentina terma jamoasi Frantsiyani penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etdi (3:3, 4:2). Hal qiluvchi bahsda Messi dubl qayd etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Messi turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U turnir davomida 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar