Ronaldino: Nega endi “Tottenxem” Chempionlar ligasida g‘olib chiqmasligi kerak?

  • 17.04.2019 22:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik futbol yulduzi Ronaldino “Tottenxem” klubining bu mavsum Chempionlar ligasida g‘olib chiqishiga ishonmoqda.

Tecno

“Nega endi “Tottenxem” Chempionlar ligasida g‘olib chiqmasligi kerak? Ular avval ushbu musobaqada g‘olib chiqishmagan. Biroq, ushbu kubokga ega bo‘lgan jamoalar ham qachonlardir uni birinchi marta qo‘lga kiritishgan. Dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri bo‘lgan “Manchester Siti”ga qarshi o‘yindagi natija “Tottenxem”ning qanchalik raqobatbardosh ekanini ko‘rsatib berdi”, - deydi Ronaldino.

Eslatib o‘tamiz, “shporlar” bugun EChL 1/4 final javob bahsida “Etixad”da “Manchester Siti” mehmoni bo‘lishadi. Ular o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 1:0 hisobida London klubining g‘alabasi bilan yakunlangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!