Ronaldino: “Oltin to‘p” sizni boshqa galaktikaga olib ketadi"

  • 8 aprel, 14:13
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik afsonaviy futbolchi Ronaldino zamonaviy futboldagi "Oltin to‘p" uchun kurash va uning shaxsiy hayotiga ta’siri haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, u 2005 yili dunyodagi eng yaxshi futbolchi sifatida "Oltin to‘p" sovriniga sazovor bo‘lgandi.

— Vaqt juda tez o‘tadi, lekin go‘zal xotiralar doimo yodda qoladi. Bu unvron hech qachon unutilmaydi. Jahon chempioni bo‘lish — har qanday bola uchun, ayniqsa braziliyalik futbolchi uchun orzu. "Oltin to‘p" esa shaxsiy e’tirof bo‘lib, sizni boshqa galaktikaga olib ketadi.

Men o‘sgan paytimda, kumirlarim bu sovrinni qo‘lga kiritishardi. Man ham shunday qildim — orzularimga etdim, barcha istagan titullarimmni yutdim.

2025 yilgi “Oltin to‘p” kimga nasib qiladi?

– Hozir ko‘plab futbolchilar bor, ularning o‘yini menga yoqadi. Ayrimlari o‘yin uslubi jihatdan menga o‘xshaydi. Biroq, anik favoritlar soni kamayib boryapti.

– Messi va Ronaldu qandaydir ma’noda bunday kurashdan chetlashganidan so‘ng "Oltin to‘p" uchun kurash ochiqroq va murakkabroq tus oldi, - deya ta’rif berib o‘tdi braziliyalik sobiq futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!