Ronaldu - "Yang Boyz" 0:2!

  • 15.09.2021 18:10
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chempionlar ligasi dastlabki turidan o‘rin olgan bahsni "Manchester Yunayted" safarda o‘tkazdi va 1:2 hisobida "Yang Boyz"ga mag‘lub bo‘ldi.

Shveytsariya klubi o‘z tarixida ikkinchi bor guruh bosqichiga chiqdi va ikkinchi g‘alabasini tantana qildi. "Yang Boyz" Chempionlar ligasidagi dastlabki g‘alabasini 2018/19 yilgi mavsumda "Yuventus" ustidan qo‘lga kiritgandi.

E’tiborli tomoni shundaki, MYu safida mag‘lub bo‘lgan Krishtianu Ronaldu o‘shanda "keksa senora" safida harakat qilardi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!