
Ronaldu 15 yoshli o‘smir bir musht bilan komaga tushirgan futbolchiga videomurojaat yo‘lladi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Avstraliyada koma tushib qolgan angliyalik hujumchi Denni Xodjsonga murojaat yo‘lladi.
- Salom, Denni. Sen haqingda eshitdim. Tezda o‘zingga kelishingga ishonman. Men seni Manchesterdagi o‘yinlarimizdan biriga taklif qilaman. Tezroq tuzal, do‘stim, - dedi Krishtianu Ronaldu videomurojaatda.
Avstraliyaning “Jundalup” jamoasida o‘ynayotgan Denni o‘tgan hafta Pert shahridagi temiryo‘l vokzalida boshining orqa qismidan qattiq zarba edi va hushini yo‘qotganicha hali o‘ziga kelgani yo‘q. Ma’lumotlarga qaraganda, 15 yoshli o‘smir o‘yindan keyin uyiga qaytayotgan futbolchiga musht tushirgan.
Mahalliy politsiya mushtumzo‘r o‘smirni qo‘lga olgan va 22 sentyabr kuni u sud qilinadi.
Fikrlar