Ronaldu 90 daqiqada millionlik rekordni urdi

  • 22 avgust, 2024, 11:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu YouTube tarmog‘ida o‘zining rasmiy sahifasini ochgan edi.

ESPN nashrining ma’lum qilishicha, bu kanal YouTube platformasi tarixida eng tez bir million nafar obunachi yig‘ish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Manbaga ko‘ra, Ronalduga o‘z kanalidagi obunachilar sonini bir milliontaga etkazish uchun 90 daqiqa kifoya qildi. Yana yarim soatdan keyin kanalga qo‘shilganlar soni ikki million nafardan oshdi.

39 yoshli Ronaldu zamonaviy futbolda eng ko‘p gol urgan o‘yinchi hisoblanadi. Portugaliyalik yulduz klublar miqyomida 1015 ta uchrashuvda 761 ta gol va 239 ta assist qayd etgan. Portugaliya terma jamoasi safida 212 ta bahsda raqiblar darvozasini 130 marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!