
Ronaldu A Seriya klublarining terma jamoalarga qarshi chiqishiga sababchi bo‘ldi
Italiyaning Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, “Yuventus” prezidenti Andrea Anelli va “Napoli” rahbari Aurelio De Laurentis o‘z jamoalarida to‘p surayotgan futbolchilarni milliy terma jamoalariga qo‘yib yubormaydi.
Bu ikki rahbar futbolchilarning terma jamoalarga jalb qilinishi, koronavirus pandemiyasi davrida qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqarayotgani uchun shunday qaror kelganligi aytilmoqda.
Qolaversa, ular o‘z qarorini xalqaro o‘yinlar jadvalining tig‘izligi va bu futbolchilarning jarohat olishiga sabab bo‘layotgani bilan ham asoslayapti.
“Inter” prezidenti Juzeppe Marotta ham o‘z hamkasblarining fikrlarini va qarorlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.
“Yuventus” rahbarining qarori to‘g‘riligiga jamoa muhim uchrashuvlarda Portugaliya terma jamoasidan koronavirus yuqtirib kelgan Krishtianu Ronaldu xizmatlaridan foydalana olmagani misol keltirilmoqda.
Shu o‘rinda, Ronaldu Portugaliyaning noyabr oyida Frantsiya va Xorvatiyaga qarshi o‘tkaziladigan rasmiy uchrashuvlariga ham chaqirtirilgan.
Fikrlar