Ronaldu Allegri bilan uchrashdi

  • 08.06.2021 22:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turin klubiga qaytgan bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda ESPN nashri xaba tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, uchrashuvda 36 yoshli portugaliyalik futbolchining jamoadagi kelajagi muhokama qilingan. Ammo shu bilan birga, Ronalduning agenti mijoziga boshqa jamoa qidirish ishlarini davom ettirmoqda.

Ronaldu o‘tgan mavsum "Yuventus" safida jami 44 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 36 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar imzolangan.

Bundan avvalroq Ronalduning “Manchester Yunayted”ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!