Ronaldу “An-Nasr” mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi
Ertalab "An-Nasr" 2 fevral, dushanba kuni Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 20-turidan o‘rin olgan "Ar-Riyod"ga (0:1) qarshi o‘yinda ishtirok etmagan futbolchilar uchun mashg‘ulot o‘tkazdi. Shu bilan birga, mashg‘ulotda jamoa sardori va hujumchisi Krishtianu Ronaldu ishtirok etmadi. Bu haqida jurnalist Abdulaziz Al-Oseymiyning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilindi.
Avvalroq OAVda 40 yoshli forvard yozgi transferlar vaqtida "An-Nasr"da o‘zini baxtsiz his qilayotgani va faoliyatini Yevropa va MLSda davom ettirish variantlarini ko‘rib chiqayotgani sababli Saudiya Arabistoni klubini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ronald "An-Nasr" safida 2023 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar