Ronaldu: Bunaqada Manchesterdan ketaman!

  • 9 yanvar, 2022, 18:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoadagi vaziyatdan xavotirda va bosh murabbiy Ralf Rangnik yuritayotgan siyosatdan norozi.

The Sun nashrining xabariga ko‘ra, portugaliyalik yulduz agenti Jorde Mendesh bilan uchrashib, o‘z kelajagini muhokama qilgan. Manbaning ta’kidlashicha, mashhur futbolchi jamoa ishlari o‘nglanib ketishiga ishonmayapti va ketish variantlarini ko‘rib chiqmoqchi.

- Krishtianu “Yunayted”da sodir bo‘layotgan ishlardan  bezovta. Jamoa ko‘p tanqid qilinyapti, u esa jamoa etakchisi ekanini bilgan holda bularni yurakka yaqin olyapti. Muammo ko‘p va Ronaldu o‘zini bosim ostida qolayotganini biladi.

U o‘zining “Manchester Yunayted”ga qaytishi jamoa uchun muvaffaqiyat keltirishini chin dildan xohlagan edi. Biroq, portugaliyalik futbolchi hozirgi tarkib bilan sovrinlar uchun kurashish imkonsiz ekanini tushunib etdi.

Jorje Mendesh Angliyaga keldi va ular uchrashdi. Endi u Ronalduga vaziyatdan chiqish bo‘yicha echim topib berishi kerak. Har nima bo‘lishi mumkin, - deb yozmoqda The Sun.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!