Ronaldu bundan ham ko‘p gol urishi mumkin, faqat...

  • 1 oktabr, 2021, 19:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan jamoaning taktikasini muhokama qildi.

ESPN xabariga ko‘ra, portugaliyalik yulduz murabbiylar shtabi bilan maydonda o‘z faoliyatini yaxshilash borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 36 yoshli hujumchi, jamoadoshlari hujum zonasida to‘pni tezroq harakatlantirsa, bundan ham ko‘proq gol urish mumkinligini aytdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Sulsher futbolchining so‘zlariga quloq solgan va mashg‘ulot jarayoniga allaqachon o‘zgartirish kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu "Manchester Yunayted"ga qaytgach, 5 o‘yinda 5 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
01/10/2021 22:53
Супер ўйинчи, Супер талант. Сулшерга ўзининг фикрини айтишга тўлиқ ҳаққи бор унинг.5 ўйин 5 гол даҳшат натижа. Ҳавас қилса арзийди. Шунчаки Қойил. СR7