
Ronaldu EChLda yana bir ajoyib natija qayd etdi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu EChL 1/8 finalidan o‘rin olgan PSJga qarshi bahsda gol kiritishga erishdi.
Shu tariqa, portugaliyalik futbolchu bu mavsum EChLda ketma-ket sakkizinchi, o‘tgan yilgi finalni ham inobatga olganda esa to‘qqizinchi o‘yinda ham gol kiritishga erishdi.
Ronaldu Ruud van Nistelroydan so‘ng EChLda ketma-ket 9 bellashuvda gol kiritgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi. Gollandiyalik forvard 2002/03 yilgi mavsumda shunday natijaga erishgan edi.
Fikrlar