Ronaldu faoliyatini qachon yakunlashini aytdi
“Manchester Yunayted” futbolchisi Krishtianu Ronaldu kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. 36 yoshli hujumchi qachongacha to‘p tepish istagida ekanini ham aytib o‘tdi.
- Hozir o‘zimni 30 yoshga to‘lgan yigitdek his qilyapman. Men salomatligim borasida ko‘p qayg‘uraman. 42 yoshgacha to‘p tepaman.
20 yoshli yigitchalar bilan raqobatalasha olamanmi yoki yo‘q buni vaqt ko‘rsatadi, - dedi portugaliyalik to‘purar.
Krishtianu Ronaldu gol urish borasida bir necha jahon rekordlari sohibi. U rasmiy uchrashuvlarda va terma jamoada eng ko‘p to‘p kiritgan hujumchi hisoblanadi. Shuningdek, Krishtianu kuchli beshlik chempionatlaridan uchtasi – Angliya premer-ligasi, Ispaniya La Ligasi va Italiya A Seriyasida 100 tadan ko‘p gol urgan yagona futbolchi.

Fikrlar