Ronaldu gol uradigan butsasini ko‘z-ko‘z qildi (foto)
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z ijtimoiy tarmoqlarda yangi butsasini namoyish qildi.
Ayni paytda 35 yoshli to‘purar mashg‘ulotlarda yangi rusumdagi “Mercurial Dream Speed 3” butsasidan foydalanmoqda.
.jpg?1602173422134)
Joriy mavsumda A Seriyada uchta uchrashuvda raqiblar darvozasini uch marotaba aniq nishonga olgan Krishtianu Ronaldu to‘purarlik mahoratini terma jamoada ham davom ettirmoqchi. Chunki Ronaldu terma jamoada gol urish bo‘yicha Ali Dayi rekordini yo‘qqa chiqarmoqchi.
Eronlik sobiq hujumchi terma jamoa safida 109 ta to‘p kiritgan. Krishtianu Ronaldu esa, yaqinda 101-golini urdi.

Fikrlar