Ronaldu gol urgan va Masharipov qo‘shaloq golli uzatma amalga oshirgan o‘yinda "An-Nasr" yirik hisobda g‘alaba qozondi

  • 29 aprel, 2023, 01:32
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Saduiya Arabistoni chempionatining 24-turidan o‘rin olgan "An-Nasr" - "Al-Raed" uchrashuvi yakunlandi. O‘yin mezbonlarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 4 daqiqasidayoq Ronaldu bosh bilan gol urib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim shu tariqa riyodliklarning minimal g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Ikkinchi taymni ketma-ket hujumlar bilan boshlagan mezbonlar 55 daqiqada Abdulrahmon G‘aribning goli evaziga oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi.

Vakilimiz Jaloliddin Masharipov 70 daqiqada Ayman Yaxya o‘rniga maydonga tushdi. U o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi: 90 daqiqada o‘ng qanotdan yorib kirib,  sherigi Maranga golli sovg‘a tuhfa etdi va bu vaziyatni yosh hujumchi golga aylantirdi. 90+5 daqiqada Al-Sulayhim ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Bu golga ham Masharipov assistentlik qildi.

Shu tariqa "An-Nasr" ochkolari sonini 56 taga etkazib oldi va turnir jadvalida peshqadam "Al-Hilol" bilan farqni qisqartirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!