
Ronaldu Golden Foot-2020 sovrindoriga aylandi
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu "Golden Foot" mukofotining 2020 yilgi g‘olibiga aylandi.
Mukofot sovrindori futbol rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan futbolchilar uchun muxlislar o‘rtasida ovoz berish natijalari asosida aniqlanadi.
Da’vogarlar orasida shuningdek, Lionel Messi ("Barselona"), Robert Levandovski ("Bavariya"), Serxio Ramos ("Real"), Arturo Vidal ("Inter"), Jerar Pike ("Barselona"), Muhammad Saloh ("Liverpul"), Neymar ("PSJ"), Serxio Aguero ("Manchester Siti") va Jorjo Kellini ("Yuventus") ham joy olgan edi.
"Yuventus" prezidenti Andera Anelli esa Golden Foot Prestige unvonini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar