Ronaldu Habib Nurmagomedovni hayratga soldi

  • 23 oktabr, 2020, 17:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UFC chempioni Habib Nurmagomedov “Yuventus” to‘purari Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi. Habib Krishtianuning do‘sti hisoblanadi va “Real”ga muxlislik qiladi.

Tecno

Habib do‘sti sport olamida ko‘plab yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, o‘zidagi ishtiyoqni qanday saqlab qolganidan hayratlanishini yashirmadi.

- Menga MMAga qaraganda, futbol ko‘proq yoqadi. Futboldan charchamayman, janglar esa zeriktiradi. Men bolaligimda futbolchi bo‘lishni orzu qilardim. Tushunishimcha, Ronalduning shu darajaga etishida ichki energetika, istak va ishtiyoq muhim ahamiyat kasb etgan. Tartib-intizom, tiklanish va oziqlanish kabi omillar birbiriga mutanosib bo‘lishi kerak, - deydi Habib Nurmagomedov.

Koronavirusdan davolanayotgan Ronaldu yaqinda Habib Nurmagomedovga bo‘lajak jangi oldidan omad tilagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!