Ronaldu hech qachon bunaqa qadrsiz bo‘lmagan!

  • 30 avgust, 2022, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh mijozini Evropa chempionlar ligasida qatnashadigan jamoalarga taklif qilyapti.

Tecno

“Napoli” bu mutaxassis bilan hamkorlik qilishga tayyor. Buning uchun Mendesh “Manchester Yunayted” neapolliklar hujumchisi Viktor Osixenni sotib olishga ko‘ndirishi kerak.

Yaqinda Italiya klubi nigeriyalik hujumchini 100 million evroga baholayotgan edi. Qolaversa, manchesterliklar Ronalduni ijaraga jo‘natib, maoshining 85 foizini to‘lashi borasida kelishuv taklif qilingandi.

“Napoli” rahbariyati vaziyatdan maksimal darajada unumli foydalanib qolmoqchi. Ular Viktor Osimxen uchun endi 130 million evroga Krishtianu Ronalduni qo‘shib berishni so‘ramoqda.

Agar “Manchester Yunayted” shu shartga rozi bo‘lsa, italiyalik darhol muzokarani boshlashga tayyorligi aytilmoqda.

“Manchester Yunayted”ga Krishtianu Ronaldudan qutilish juda qimmatga tushadigan ko‘rinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!