Ronaldu "Kamp Nou"dagi so‘nggi 13 ta o‘yinda 14 ta gol urdi

  • 09.12.2020 07:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha “Barselona”ga (3:0) qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.

E’tiborlisi, 35 yoshli portugaliyalik futbolchi “Kamp Nou”dagi so‘nggi 13 ta o‘yinda “Barselona” darvozasiga 14 ta gol urdi. U shularning 3 tasini penaltidan kiritdi.

Ronaldu 2018 yilning may oyidan buyon ilk bor “Kamp Nou”da to‘p surdi. U o‘shanda “Real” safida to‘p surardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!