
Ronaldu kelasi mavsumda qaerda o‘ynashini ochiq aytdi
“An-Nasr”da to‘p tepayotgan Krishtianu Ronaldu muxlislarga kelajak rejalari haqida ma’lumot berdi.
- Futbol muxlislari o‘zimni baxtiyor his qilishimda muhim ahamiyat kasb etadi. Men ham shunga yarasha javob berishga harakat qilaman.
Men bu mavsumda o‘ynashda davom etyapman. Keyingi mavsum ham shu erda bo‘laman. Keyin tanamning holatiga qarab, nima qilishni o‘ylab ko‘raman.
Men o‘zimni Saudiya Arabistonida baxtli his qilyapman. 38 yoshimda ham jamoaga yordam bera olyapman, - dedi Krishtianu Ronaldu.
Ronaldu “An-Nasr”da 2023 yilning yanvaridan beri to‘zp tepmoqda. Uning shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan.
Portugaliyalik yulduz umumiy gollari sonini 900 taga etkazish va terma jamoasi safida 2024 yilgi Evropa chempionatining final bosqichida qatnashmoqchi ekanini ta’kidladi.
Fikrlar