
Ronaldu kelganidan keyin Brunu Fernandesh yangi shatnomadan bosh tortmoqda
“Manchester Yunayted” jamoaning haqiqiy etakchisiga aylangan Brunu Fernandesh bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.
Manchesterliklar portugaliyalik pleymeykerning o‘yinlaridan mamnun va yangi shartnoma bilan hamkorlik muddatini uzaytirib, Brununing maoshi ko‘tarmoqchi.
Portugaliya terma jamoasi safida Krishtianu Ronaldu soyasida qolayotgan Fernandesh Manchesterdan ketish imkoniyatini saqlab qolmoqchi. Shu bois, futbolchi yangi shartnomaga katta bo‘lmagan badal puli belgilangan band qo‘shilishini talab qilib, shartnomani imzolamayapti.
Brunu 2020 yilning yanvarida “Manchester Yunayted”ga kelganidan beri Angliya premer-ligasida 55 ta uchrashuv o‘tkazib, 30 ta gol urdi va 19 ta assistni amalga oshirdi. Uning hozirgi shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan.
Fikrlar