Ronaldu Madridda! U "Real" bazasida mashg‘ulot o‘tkazmoqda

  • 14 dekabr, 2022, 20:38
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bilan shartnomasini bekor qilgan Krishtianu Ronaldu faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi so‘roq ostida turibdi.

Tecno

"Relevo" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi ayni paytda Madridda bo‘lib turibdi. U "Real"ga tegishli Valdebebasdagi bazada mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Ta’kidlash joiz, "qaymoqranglilar" ham aynan shu erda shug‘ullanadi.

Qayd etilishicha, "qirollik klubi" rahbariyati o‘z afsonasiga vaqtincha mashg‘ulot o‘tashga ruxsat bergan. Uning shu erda ekanligidan foydalanib, akademiya futbolchilari uchun Krishtianu bilan uchrashuv tashkil etildi.

Avvalroq, Ronaldu bir oyog‘i bilan "Al-Nassr"da ekanligi haqida xabar bergandik. Saudiyaliklar sharafini himoya qilayotgan legionerimiz Jaloliddin Masharipov o‘zi o‘ynayotgan 7-raqamni unga berib, 77-raqamni olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!