Ronaldu “Manchester Yunayted”dan ketsin!
The Athletic nashri Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”da o‘ynashiga muxlislar munosabatini aniqlash maqsadida so‘rov o‘tkazdi.
Ovoz berganlarning 55 foizi portugaliyalik yulduzni kelasi mavsum Manchesterda o‘ynashiga qarshiligini bildirgan.
“Manchester Yuntayted” muxlislarining 60 foio‘i jamoaning eng foydali o‘yinchisi sifatida Brunu Fernandeshni tan olgan.
Shuningdek, so‘rovda ovoz berganlarning 40 foizi sardorlik vakolatini Ronalduga emas, aynan Brunu Fernandeshga berish tarafdori.
Ta’kidlash joizki, avvalroq Krishtianu Ronalduning jamoada etakchilikni o‘z zimmasiga olishga urinayotgan angliyalik futbolchilarga ma’qul kelmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar