Ronaldu mashina tagida qolgan mushugini davolash uchun Ispaniyaga jo‘natdi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning mushugi shikastlandi. Turinda "Pepe" laqabli uy hayvonini mashina urib yubordi.
"Marca" nashrining yozishicha, 3 ming evrolik mushuk Ronalduning shaxsiy samolyotida davolanish uchun Ispaniyaga yuborilgan.

Ma’lumot uchun, "Pepe" bu sfinks zotiga oid mushuk va bu turdagi jonivorlar kamyob hisoblanadi. Dunyoda bu turdan atigi sakkiztagina bor. Ronaldu ikki yildan buyon bu hayvonni boqmoqda.

Fikrlar