
Ronaldu maydondagi o‘yinchilar uchun katta rekord o‘rnatib qo‘ydi
“An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilar uchun yangi rekord o‘rnatdi.
38 yoshli forvard faoliyati davomida 1200-o‘yinda ishtirok etdi. Bu haqda Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Yubiley uchrashuvida portugaliyalik yulduz bittadan gol va assist qayd etib, jamoasining “Ar-Riyod” ustidan 4:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Ronaldugacha yana uch kishi 1200 tadan ko‘p uchrashuv o‘tkazgan. Biroq ularning bari darvozabonlardir. Rojerio Seni 1225, Piter Shilton 1217 va Fabio 1200 ta o‘yinda ishtirok etgan.
Krishtianu hali faoliyatini yakunlamoqchi emas va unda jahon futbolida eng ko‘p uchrashuvda qatnashgan futbolchi nomini qo‘lga kiritish imkoniyati etarli. Buning uchun Ronaldu yana 26 ta o‘yin o‘tkazishi kifoya.
Fikrlar